AQSh Pokistonga iqtisodiy chora ko’rishlik bilan tahdid qilmoqda.

356
0

Agar Pokiston gaz quviri qurilishining Eron bilan qo’shma loihasidan chiqib ketmasa, AQSh unga iqtisodiy chora belgilashligi mumkin. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili Viktoriya Nuland bayon qildi.

U Eronning chegaraoldi Gabd aholi punktida gaz magistrali qurilishi ishlari boshlab yuborilganligi haqidagi ma’lumotlarni sharxlab berdi. Quvr 2015 yilga kelib Pokistonning Sind viloyatidagi Navabshox shaxrigacha qurilib bitishligi kutilmoqda. Qurilish boshlanishining tantanali marosimi 11 mart kuni bo’lib o’tdi. Unda ikki mamlakat prezidentlari –Mahmud Ahmadinajjod va Osif Zardori ishtirok etishdi.

“Bu loiha yana ham davom etaveradigan bo’lsa, Eronga qarshi choralar Qonunini qo’llashligimizga to’g’ri keladi”, – dedi Nuland.

Hujjat, Eron bilan energetika sohasida hamkorlik qilgan davlatlarga nisbatan amerikacha uqubat choralari qo’llashlikni ko’zda tutadi. “Biz bu haqda Pokiston bilan ochiqchasiga so’zlashganmiz, – takidladi vakil. – Vashington Islomobodni bu loihada ishtirok etishdan voz kechish lozimligiga ishondirishga urinmoqda va evaziga mamlakatning energetik talablarini qondiruvchi boshqa variantlarni taklif qilmoqda”, – qo’shib qo’ydi Nuland.

“Biz Pokistondagi 2013 yilning oxiriga borib mamlakatda elektro energiya ishlab chiqarishni 900 mVTga oshirishlikka va natijada ikki million oilani elektr energiyasi bilan ta’minlashlikka qaratilgan energetik loihalarni qo’llab quvvatlaymiz”, – dedi Viktoriya Nuland.

Bu loihalar bir qator issiqlik elektrostantsiyalarini qayta qurish, yangi GESlar barpo qilish, shuningdek Turkmanistondan Afg’oniston va Pokiston orqali Hindistonga gaz transportirovka qiladigan quvr (TAPI) qurilishi ishlarini o’z ichiga oladi.

Eron bilan Pokiston o’rtasida gaz magistrali yotqizishlik hususida esa, AQSh bu loihaning amalga oshishligiga gumon qiladi. “Ular 10-15 marotaba bu gaz quviri haqida ma’lum qilib yuborishdi. Ko’ramiz, ular nimani uddalay olisharkin”, – yakunladi AQSh davlat departamenti vakili.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.