ADL Suriya Muxolifatiga harbiy yordam ko’rsatishga qaror qildi.

424
0

26 mart kuni Arab Davlatlari Ligasi (ADL) Doxada o’tgan sammitda arab davlatlarining Suriyada harakat qilayotgan isyonchilarga harbiy yordam ko’rsatish huquqi haqida qayd qilgan bayonot qabul qildi.

Hujjatda aytilishicha, “ADL tarkibiga kirgan har bir davlat o’z xohishiga binoan Suriya xalqining hamda Suriya Ozod Armiyasining qarshilik harakatlarini qo’llab quvvatlash maqsadida mudofaa vositalarini, shu jumladan harbiy anjomlarni ham, etkazib berish huquqiga ega”. Ammo, hujjatda aynan qaysi turdagi harbiy anjomlar haqida so’z ketayotgani aniqlanmagan.

24 mart kuni ADL a’zo-davlatlari tashqi ishlar ministrlari Qatarning ushbu tashkilotdagi Damashqning o’nini Suriya muxolifatiga taqdim qilish haqidagi taklifini ma’qullashgan. Bu taklifga Jazoir va Iroq tashqi ishlar ministrlari qarshi chiqqan. Suriyaning ADL a’zoligi mamlakatda harbiy nizo boshlangandan bir necha oy keyin, 2011 yilning noyabr oyida to’xtatilgan edi.

Sammitda bir yildan ortiq vaqtdan beri bo’sh turgan Bashar Asad o’rnini Milliy koalitsiya etakchisi Ahmad Muoz al-Xotib egalladi.

Avvalroq al-Xattob istefoga ketishi haqida byonot bergan edi. Biroq, muxolifat uning istefosini qabul qilmadi. Shuningdek, muxolifatdan ko’pchilik, birinchi navbatda, Suriya Ozod Armiyasi, bir necha kun avval saylangan Hasan Xittoning premer-ministrligini ham tan olmadi. Biroq, shunga qaramay u muxolifatning Qatardagi vakillari tarkibiga kirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.