11 sentyabr voqealarida AQSh josuslik xizmatini ayblayotgan yozuvchi o’ldirilgan.

511
0

AQSh hukumatining arab shayxlari bilan til biriktirganliklari haqidagi kitoblar mu’allifi, AQSh harbiy xavo kuchlari sobiq kapitani Filipp Marshal o’z uyida o’g’li va qizi bilan birga o’ldirilgan holda topilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, u TSRU xodimlari tarafidan o’ldirilgan, xabar qiladi Press TV.

Marshall kasbdoshi, tekshiruv ishlarida ishtirok etgan jurnalist Ueyn Medsen (Press TV ga ko’ra, u TSRU sobiq xodimi) bu ishni TSRU qilganligiga ishonishligini aytgan va o’z joniga qasd qilishlik haqida aytilayotgan nazariyani qat’iyan chetga surgan. U, qotillikni professionallar bajarganliklari to’g’risida bir qator dalillar keltiradi – qo’shnilar o’q ovozini eshitishmagan. Marshallning qo’lidagi, o’z qizini, o’g’lini, itini otib o’ldirib so’ng o’zini otgan deb da’vo qilinayotgan to’pponchaning esa ovoz o’chirish moslamasi bo’lmagan. Bundan tashqari, Marshall chapaqay bo’lmagan, chakkadagi o’qdan qolgan jaroxat esa chap tomonda.

Marshall o’zining yozayotgan yangi kitobidagi mavjud ma’lumotlari uchun o’ldirilgan, degan tahminni aytadi Medsen.

Oxirgi vaqtlarda Filipp Marshall o’z oilasi xavfsizligi borasida o’ta xavotirda bo’lgan, chunki u katta shov-shuvga sabab bo’ladigan materiallar tayyorlayotgan edi. Bundan tashqari, Marshal, 11 sentyabrdagi terroristik amaliyotlar islomchilar tarafidan sodir qilinishi mumkin emas ekanligini doimo isbotlab kelgan. U kichik-Bush idorasining kelgusida 11 sentyabrdagi terroristik amaliyotlarni sodir qilgan terrorchilarni mashqlandirgan saudiya Arabistoni josuslik xizmati bilan aloqasi borligi haqida dalillarga ega bo’lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.