Vaqt yaqinlashib qoldi, g’alaba vaqti keldi

449
0

23 noyabr juma kuni Asad rejimiga qarshi namoyishchilar “vaqt yaqinlashib qoldi, g’alaba vaqti keldi” shiori ostida namoyishga chiqishdi. Bunday namoyishlar 2011 yil mart oyida boshlangan norozilik namoyishidan buyon tinimsiz davom etib kelmoqda.

Suriya xavfsizlik kuchlari poytaxt Damashq markazidagi Midhat Bosho bozorida to’rt namoyishchini qamoqqa oldi.

Harbiy amaliyotni to’xtatishni talab qilib lozunglar ko’tarib chiqqan namoyishchilarni qamoqqa olishlar o’tgan chorshanba kundan buyon tinimsiz davom etyapti.

Suriya inson huquqlari tarmog’i Suriyaning turli erlaridan 124 kishi o’ldirilganligini va o’lganlarning aksariyati Halab, Damashq, Hims va Idlib fuqarolari ekaniligini ma’lum qildi. Shuningdek bu tarmoq Suriya qo’zg’oloni boshlangandan buyon 2710 ta yosh bola o’ldirilganligini va ulardan 25 tasi qiynoqqa solinganligi aniqlanganliginini ham ma’lum qildi.

Ayni paytda Suriyadagi harbiy va inqilobiy kengashning mushtarak qiyodati bilan birga faoliyat olib boradigan ozod Suriya viloyat majlisi hukmron rejimga tobe harbiy havo kuchlaridagi 38 uchuvchi zobitning qo’lga olinganligi haqida yozma bayonot chiqardi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.