Siyosiy mahbuslar uchun amnistiyadan nasiba yo’q

200
0

O’zbekistonda Konstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan amnistiya bo’yicha mahkumlarni ozod etish jarayoni davom etmoqda. Lekin bu avf soni oshib borayotgan e’tiqodi uchun qamalgan siyosiy mahbuslar uchun biror o’zgarish qilishi gumon.

Faollarning fikricha, davlatning qora ro’yhatiga kirgan bu insonlar hech qachon amnistiyaga tushmaydi. Har yili yangi amnistiya qarori chiqqach, siyosiy mahbuslar ham avf etilarmikan, degan savol tug’iladi.

E’tiqodi uchun qamalgan siyosiy mahbuslarning aksariyati asosiy jazo muddatini allaqachon o’tab bo’lgan, ammo hanuz panjara ortida. Faollar buning sababini davlatning qora ro’yhatiga bog’lashadi.

Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovning “Amerika ovozi”ga aytishicha, ro’yhat tobora uzayib bormoqda.

“Bular sirasiga salkam 11 ming diniy e’tiqod mahbuslarini, muholifat, huquq himoyachilarini kiritish mumkin. Keyingi paytda ro’yhatga tadbirkorlar ham kiritilmoqda”, – deydi Ikromov.

Senat qabul qilayotgan amnistiya siyosiy mahbuslarni mutlaqo chetlab o’tayapti, deb bo’lmaydi. O’tgan yillarda, bir necha siyosiy mahbus va huquq himoyachilari qo’yib yuborilgan. Biroq Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovga ko’ra ularning ozod etilish shartlari juda qaltis. Ular sog’ligini mutlaqo yo’qotib, hech narsaga yaramaydigan holatdagina chiqariladi.

Mazkur toifadagi mahbuslar amnistiyaga tushishi uchun prezidentga pushaymonlik arizasi bilan murojaat qilishi kerak. Ikromovning aytishicha, ayniqsa, diniy e’tiqod tutqunlari shu kabi shartlar bilan ruhiy va jismoniy qiynoqlarga solinadi.

Sur’at Ikromovga fikricha, Bu yil ham diniy e’tiqod bo’yicha qamalganlarga munosabat o’zgarmagan. 159, 244 hamon qattiq jinoyat sifatida ko’riladi. Ularga amnistiya tegishi qiyin.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.