Lavrov Toshkentdan juda yaxshi kayfiyatda qaytdi. Ammo Karimovni KXShTda qolishga ko’ndira olmadi

377
0

Ozodlik tarqatgan xabarlarga ko’ra, 17 dekabr kuni Toshkentga tashrif buyurgan Sergey Lavrov seshanba kuni Toshkentda O’zbekiston rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazgan.

Ayni paytda? Rossiya Tashqi Ishlar vaziri e’lon qilgan ba?notda ?zilishicha? tomonlar 2014 yilda xalqaro koalitsiya kuchlari Afg’onistondan chiqib ketishidan so’ng MDH janubiy hududlari? xususan o’zbek-afg’on chegarasini Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida qo’riqlash? terrorchilik va narkotiklar kontrabandasiga qarshi birgalikda kurash yo’l-yo’riqlari yuzasidan ham fikr almashgan. Lavrovga ko’ra? bu masalalarda tomonlar fikrlari bir-biriga hamohang bo’lgan.

Bu safar Toshkentdan kuzatgan Uzmetronom Internet gazetasi bosh muharriri Sergey Yejkov? Lavrov safarining ko’ngildagidek o’tganini ta’kidlaydi:

– Janob Lavrov Toshkentdan juda yaxshi kayfiyatda uchib ketdi. Bu safardan maqsad 19 dekbar kuni Moskvada boshlangan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammiti oldidan ayrim masalalarga oydinlik kiritish edi. Bu oydinlik kiritildi? tomonlar o’zaro anglashinuvga erishdilar. Safar rejaga muvofiq amalga oshdi? deydi Sergey Yejkov.

Biroq Lavrov Karimovni KXShTda qolishga ko’ndira olmagan. Ayrim Rossiya nashrlari va tahlilchilariga ko’ra? 19 dekabr kungi KXShT ga a’zo davlatlar sammitidan bir kun oldin kunini Toshkentda – O’zbekiston rahbarlari bilan muzokaralarda o’tkazgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Islom Karimovni KXShTdan chiqish qarorini qayta ko’rib chiqishga ko’ndirishga so’nggi bor urinib ko’rgan.

Sergey Lavrovning Islom Karimovni KXShTda qolishga ko’ndira olmagani Putin Rossiyasi uchun ko’ngilsiz xabar? deydi. Moskvadagi Karnegi markazining etakchi tahlilchisi Aleksey Malashenko Ozodlik bilan suhbatda: – Lavrovning Toshkentdan quruq qo’l bilan qaytgani? Rossiyaning O’zbekistonga bosim o’tkazish imkonlari ancha cheklangani ifodasidir. Ayni paytda bu qarorida sobit qolganini ko’rsatish orqali Islom Karimov o’zining naqadar mustaqil ekanini ko’rsatib qo’yishga erishdi. Ammo bu masala? 19 dekabr kungi qaror bilan to’xtab qolmaydi? muzokaralar davom etaveradi va ishonamanki? Moskva va Toshkent qandaydir murosa yo’lini topishadi. O’zbekistonning KXShTdan chiqish qarori ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy zarba etkazmay qolmadi. Bunisi ancha ?mon, deya bildirgan.

Bi-bi-si tarqatgan axborotga ko’ra, O’zbekiston KXShTdan chiqdi, lekin Rossiya bilan hamkorlik kuchayadi.

Rossiya matbuotidagi xabarlarga ko’ra, janob Lavrovni avvalambor O’zbekistonda AQSh harbiy bazalarining joylashtirilishi masalasi qiziqtirgan. Xabarlarda O’zbekiston tomoni bunday bazalar joylashtirilmasligini bildirgani aytiladi.

Rossiya vaziriga hamkorlik qilgan rossiyalik jurnalist va tahlilchi Arkadiy Dubnov muzokaralar borasida Bi-bi-si bilan suhbatlashdi. Bi-bi-sining: Sizning nazaringizda, Prezident Karimovning o’zbek xududida Amerika harbiy bazalari joylashtirilmasligi borasidagi so’zlariga Rossiya qanchalar ishonadi? – degan savoliga Dubnov: Bu juda haqiqatga yaqin, har holda yaqin kelajak nazarda tutilsa. Bu erda masalaning psixologik jihatiga e’tibor qaratish kerak. Amerikaning yuqori lavozimli siyosiy va harbiy mulozimlarining O’zbekistonga doimiy ravishda qilayotgan tashriflari va ikki tomonning harbiy yo boshqa turdagi hamkorliklari borasida olib borayotgan muzokaralariga qaramay, Toshkentda AQSh hukumatining 2005 yilda Toshkentga ko’rsatgan munosabatini yoddan chiqarishmagan. Menga kuni kecha yuqori lavozimdagi o’zbek diplomatlaridan birining aytishicha, g’isht qolipidan ko’chgan, ya’ni uni qayta joyiga qo’yish qiyin bo’ladi. Diplomat iqtibos keltirgan bir maqolada aytilishicha, O’zbekiston “amerikaliklarning Andijon voqealariga bo’lgan munosabatini hech qachon unutmaydi”. O’shanda Karimov olti oy ichida amerikaliklar bazasi chiqarilsin deb buyruq bergandi. Toshkentda Amerikalik sheriklarga nisbatan bu kabi ishonchsizlik tuyg’usi hali ham mavjud va juda kuchli seziladi. Amerikaliklar Afg’onistondan olib chiqiladigan ayrim jihozlarini O’zbekistonda qoldirishlari mumkin. Bu manzarada Lavrovning Moskva va Toshkent o’rtasida 2020 yilga qadar harbiy hamkorlik qilish borasida rejalar ishlab chiqqani juda ahamiyatli. Toshkent ham harbiy qurol-yaroq bo’yicha faqat Rossiyaga tayanishini tasdiqladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.