Falastin va G’azoga fotihlardek xalifalar kerak, xor amirlar emas

376
0

Matbuot bayonoti

Yahudiylarning G’azo ahliga hujum uyushtirishlari, bombardimon qilishlari va halok etishlari manzarasida hamda G’azo samosi bir soat ham ularning samolyotlaridan, o’lim qarg’alaridan tinmayotgan bir paytda, kecha seshanba kuni Qatar amiri, o’z rafiqasi va tashqi ishlar vaziri hamrohligida G’azoa kelishdi. Uni samodan yahudiylar samolyotlari, xavfsizlik xizmatlari qo’riqlab turdi. Falastin rejimi bo’lib tashlaydigan, birlashtirmaydigan Sayks-Piko bayroqlarini boshi ustida ko’tarib turdi. Ular odamlarni Qatar amirini, uning delegatsiyasini va uzoq yillar umr ko’rishini tabriklashga undab hayqirishdi!

Bu amir mulozamatlar bilan va tantanali marosimlarni kuzatuvchi otryadlar yordamida kutib olindi. Bu otryadlar shunday tog’ut rahbarlar suratini eslatadi, tog’ut rahbarlar bo’lsa o’z armiyalarini parad otryadlariga aylantirishib, yahudiylarni ulardan batamom omonlikda qo’yishdi. Amirdan bir tosh otsa etadigan joyda yahudiylar yashashadi, yahudiylarning bu ulfatlari ular bilan aloqalar o’rnatishdan, birga o’tirib, munosabatlarni normallashtirishdan bir kun ham hayo qilishmaydi.

Hamas rejimi ushbu ziyoratni ulkan fath va tarixda qoladigan kun deya tasvirladi! Go’yo bu amir G’azo va Falastinga fath qilib, ozod etib kelganday. Holbuki, u o’z yurtida Amerika kuchlari uchun yo’laklar ochib bergan, bu kuchlar esa barcha joyda musulmonlar boshlariga bombalar yog’dirishadi.

Darhaqiqat, Hamas rejimi qo’shin to’plash o’rniga mablag’ to’plashni talab qilish bilan o’z Ummatidan istagan narsasida past ketdi. Bu huddi Xolid Mash’alning ishiga o’xshaydi. U yahudiylar G’azoga adovat qilayotgan kunda Qatarda o’tkazilgan sammitda arab rahbarlariga: «Biz sizdan qo’shinni safarbar qilishingizni emas, balki bizni qo’llab-quvvatlashingizni istaymiz», dedi. U bu gapi bilan Falastin masalasini jihod va jang qilish masalasidan rejimning foyda ko’rish masalasiga aylantirib qo’ydi. Bu shunday foydaki, rejim Falastin ahli nomidan tilanchilik qilib kun ko’rayotgan foyda, holbuki, o’zi bu ahli boshiga zarar ketidan zarar bo’lib tushmoqda.

Qatar amiri Liviya qo’zg’olonchilarini qurol bilan qo’lladi. Hatto ularga yordam sifatida o’z askarlarini NATO etakchiligi ostida yubordi. Suriyada esa xolis kishilarning hokimiyatga kelib qolishlaridan va Islomning Xalifalik davlatida tatbiq etilishidan qo’rqib, qo’zg’olonni izdan chiqarish uchun ayrim odamlarni qo’llab-quvvatlab turdi. Xo’sh, yahudiylardan o’ziga do’st va ulfat tutingan mana shu amir Falastinga yordam berish uchun o’z kuchlarini yuborishga jur’at qila oladimi?!

Ey Falastin ahli!

Yahudiylar bilan bir xil tabiatlashib ketgan hamda Amerika etakchiligidagi G’arbning va Yevropaning rejalarini ijro etayotgan bu rahbarlar sizning Falastinni, butun Falastinni ozod etish umidingizni ham, intilishlaringizni ham aslo ifodalashmaydi. Falastin rejimi o’zining Romalloh va G’azodagi ikki bo’limi bilan ham huddi shunday. Balki siz Falastin ahlining umidlaringizni ozod bo’lish istaklaringiz va tashvishlaringiz haqida so’z yuritadigan hamda yahudiylar iflosligidan Falastinni ozod etish sari qo’shin safarbar qilishga faoliyat qiladigan zotlar ifodalaydi.

Falastin u erga o’z mablag’lari bilan xor ahvolda kiradigan amirlarga emas, qo’shinlari bilan uni fath qiladigan xalifalarga muhtoj. Bosqinchi yahudiylar bilan bir xil tabiatlashib ketgan ana u rahbarlarga emas, Salohiddin va Qutzlarga muhtoj.

Biz Hizbut Tahrir a’zolari, Ummatni birlashtiradigan va butun Falastinni ozod qilib, uning ahlini boshqa musulmonlar boyliklariga izzat-karomat bilan sherik qiladigan to’g’ri yo’lni tutuvchi ikkinchi Xalifalik davlati barpo etishga faoliyat qilayotgan ekanmiz, ana u Qatar rahbariga, unga o’xshagan zararkunanda rahbarlarga bunday deymiz: Shubhasiz, Ummat, jumladan, Falastin ahli ham sizning asl basharangizni ko’rib turibdi, sizdan Falastinni tortib olishga shahdam qadam tashlamoqda. U bu yurt va boshqa islomiy yurtlarni zoe ketkazganingiz uchun sizni albatta jazolaydi. Oxirat azobi esa bundan-da qattiqroqdir, agar bilsangiz.

 

«(Ey kofirlar), siz hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni – Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan hamda Alloh yo’lida jihod qilgan zotlarga teng qildingizmi?! Ular Allohning nazdida teng emaslar, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmaydi» [Tavba 19]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.