AQSh elchisi P. Spratlen: «Bu yil Qirg’izistonga yordam ko’rsatishga mo’ljallangan loyihalar byudjeti 45 mln. dollarga teng»

408
0

AQSh hukumati tomonidan loyihalashtirilgan va Qirg’izistonga yordam ko’rsatishga mo’ljallangan loyihalar byudjeti 45 million dollarni tashkil etadi. Bu haqda AQSh elchisi Pamela Spratlen 6 fevral kuni Qirg’iziston internet-OAV jurnalistlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Asosiy loyihalar iqtisodiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan. «Qirg’iziston har doim yordamga ko’z tikavermay, o’zini-o’zi boqsa, yaxshiroq bo’ladi», – dedi elchi xonim.

P. Spratlen sog’liqni saqlash, ta’lim, demokratiyani rivojlantirish (parlamentarizm, deputatlarni qonun ijodkorligiga va boshqa davlatlarda qonunlar qanday ishlashiga o’rgatish) loyihalari, madaniy almashinuv dasturlariga ham to’xtalib o’tdi.

Elchining aytishicha, Sog’liqni saqlash va Ta’lim vazirliklari AQSh yordamidan yaxshi foydalanishmoqda. Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdagi loyihalarni esa amalga oshirish qiyin bo’lmoqda.
Turkiton:

AQSh Qirg’izitonga nibatan qanday pozitsiyasiya belgilaydi? Bu savol xammani qiziqtirmoqda.

AQShning xozirdagi problemalari boshidan oshib ketdi. Qirg’izistonga nisbatan agressiv siyosatni keyinga surib turadi.

Gansi aviabazani chiqarib ketishni xam, xar xil baxonalar bilan imkon qadar ortga surib turishga intiladi. Uning re’jasiga ko’ra, vaziyat o’zgarishi bilan shartnomalar xam o’zgaradi.

U butun quvvatini Rossiyani zaiflashtirishga, imkoniyati bo’lsa uni parchalab tashlashga qaratadi. Qirg’iz xukumatida AQSh uchun muammo yo’q, muammo Rossiyaning Qirg’izistonga berayotgan bosimi ostida paydo bo’lmoqda.

Bundan tashqari, AQSh uchun Markaziy Osiyoda barqarorlik saqlanib turishi o’ta muxim, kamida Afg’onistondagi texnikalarini olib chiqib, mintaqa bo’ylab joylashtirib olguniga qadar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.