AQSh davlat kotibi yordamchisi Robert Bleyk 2014 yili bazaning ijara muddati yakunlanishi boisidan uning muddatini uzaytirish masalasida Qirg’izston hukumati bilan muhokama yurgizish niyatida

357
0

16 yanvar 2013 yil, Bishkek AQSh davlat kotibi yordamchisi Robert Bleyk 2014 yili bazaning ijara muddati yakunlanishi boisidan uning muddatini uzaytirish masalasida Qirg’izston hukumati bilan muhokama yurgizish niyatida. Bu xaqida “Amerika Ovozi” xabar tarqatdi.

“Seyshanba kuni Bleyk Turkmaniston rahbarlari bilan uchrashadi. U erdan u Qirg’izstonga j?naydi. Qirg’izstonda AQSh Afg’onistondagi NATO kuchlari uchun dovon oshish joyi sifatida xizmat qilayotgan, Bishkekdagi xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan “Manas” aviabazasini uzoq muddatli ijara sifatida foydalanadi. Bleykning xabariga k?ra, kelasi yili bazaning ijara muddati yakunlanayotganligi bois ushbu masala muhokama qilinadi”, – deb xabar qiladi “Amerika Ovozi”.

Davlat kotibi Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlari b?yicha yordamchisi Robert Bleykning uch kun mintaqalar b?ylab safari chog’ida u “Markaziy Osiyo davlatlari rivojlanishi va xavfsizligini ta’minlash maqsadlariga Vashingtonning sodiq ekanligiga mintaqa rahbarlarini ishontirmoqchi” ekanligi aniqlanmoqda.

“Garchi, 2014 yilda bizning harbiy hozirligimiz, ehtimol, k?proq chegaralangan b?lishligi qaramay, biz juda ham faol tarzda Afg’oniston va boshqa mintaqalarda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash b?yicha iqtisodiy yordamni davom ettirish niyatidamiz”, – dedi Robert Bleyk safar oldidan “Amerika Ovoziga” bergan intervyusida.

“Manas” logistika nuqtai nazaridan AQSh uchun ulkan ahamiyatga ega. U deyarli bizning barcha Afg’onistonga y?llanayotgan askarlar ?tadigan markaz hamdir”, – deydi AQSh davlat kotibi yordamchisi.

“Amerika Ovozi”, mintaqada deyarli t?rt yilga yaqin ishlagan Robert Bleyk suhbatidan parcha keltiradi: “Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi Q?shma Shtatlarining shu mintaqada nihoyatda muhim rol ?ynashini xohlashadi. Faol tarzda savdo rivoji va barqarorlikni ta’minlayotgan Q?shma Shtatlariga nisbatan xayrixoh kayfiyatidalar”. Prezident Almazbek Atambaevning “Manas” Tranzit yuk tashish markazining bitim muddati tugashi bilan 2014 yilda yopiladi deb qayta-qayta ta’kidlaganini eslatib ?tmoqchimiz. Qirg’izston Transport vazirligining xabariga k?ra, hozirda rossiyalik hamkasblar bilan birgalikda logistika b?yicha yirik markaz tashkil etilishi masalasi ustida ish olib borilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.