Amerika va Rossiya Suriya uchun echim izlamoqda

466
0

BMT-Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximi payshanba kuni shunday bayonot berdi: “Rossiya va Amerika qo’shma shtatlari Suriyadagi keskinlikni hal qilish haqida muhokama olib borishdi”. Ayni paytda Britaniya mas’uli o’z davlati Suriyadagi oppozitsiyani qurol bilan ta’minlashga ruxsat berish maqsadida Suriyaga nisbatan qurol-aslaha ta’qiqini yumshatish uchun evropalik hamkorlariga bosim o’tkazishi haqida gapirdi. Ekvador Suriya prezidendi Bashir Asadga o’z mamlakatidan boshpana berishni taklif qilmaganligini e’lon qildi.

Eslatib o’tamiz, Aljazira sayti 6 dekabda Amerika tashqi ishlar vaziri Hillari Klentonning “Janubiy Amerika davlatlari Suriya prezidenti Bashir Asadga boshpana berishni taklif qilganligi va bu taklif norasmiy ekanligi” haqida bergan bayonotini tarqatgan edi.

Braximi jurnalistlarga Amerika tashqi ishlar vaziri Hillari Klenton va uning Rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashgandan keyin uchrashuvda shov-shuvga arzugulik qaror qabul qilinmaganligini qo’shimcha qildi.

U Hillari Klenton va Sergey Lavrov bilan Suriyadagi vaziyat yomon ekanligi, bu muammoni qo’lga olishga yaroqli yo’lni topish imkoniyatini ko’rib chiqish uchun birgalikda faoliyatni davom ettirishga kelishib olganligiga ishora qilib o’tdi.

Klenton Braximi bilan o’zaro suhbatlashishidan avval Lavrov bilan ikki taraflama yig’ilish o’tkazdi. U jurnalistlarga uchinichi yig’ilish boshlanishidan bir necha daqiqia avval shunday dedi: “biz Suriyadagi qonni to’xtatish va prezident ketishini siyosiy yo’l bilan hal qilishni boshlash maqsadida Rossiya bilan birga faoliyat olib borish uchun juda ko’p kuch sarfladik”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.