Amerika Osiyo uchun Xitoy bilan kurashadi. Moskva mintaqada ikkinchi darajadagi rol bilan kifoyalanadi

458
0

Barak Obama Bankokdagi Vat Fo qirollik monastirida bo’ldi.

Bugun Kambodjeda Sharqiy Osiyo sammiti o’z ishini boshlaydi. Unga ASYeAN mintaqaviy gruppa a’zolaridan iborat 10 ta davlat vakillari, AQSh prezidnnti Barak Obama, Xitoy, Yaponiya va Xindiston bosh vazirlari ishtirok etadilar. Moskva bu uchrashuvning ahamiyatini u qadar yuksak baholamay, unga TIV vazirini yubordi.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, bugun Kambodje poytaxti Pnompeneda 7-Sharqiy Osiyo sammiti o’z ishini boshlaydi. Bu sammitda Oq uy raxbari Obama, Xitoy hukumat raxbari Ven TSzyabao, Hindiston hukumat rahbari Manmoxan Sinx, Yaponiya hukumat raxbari Yesixiko Nodalar ishtirok etadilar. Rossiya tomonidan esa,Tashqi Ishlar vaziri Lavrov qatnashadi.

Konfrentsiyaning rasmiy kun tartibiga Sharqiyosiyo sammitlarining kelajagi va bezgak kasaliga qarshi kurash kabi uncha muhim bo’lmagan masalalar qo’yilgan. Biroq, saxna ortida esa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasining ikki og’ir vaznli kurashchilari; AQSh prezidenti Obama va Xitoy Xalq Respublikasi premeri Ven TSzyabaolarning uchrashuvi kutilmoqda.

Nima uchun Barak Obamaning prezidentlikka qayta saylanganidan keyingi dastlabki rasmiy safari Osiyo davlatlariga qaratilganini izoxlar ekan AQSh davlat kotibasi Xillari Klinton quyidagi fikrlarini bildirdi; “21-asr tarixining katta qismi shu erda yoziladi. Amerika ishtirokining kengayishi mintaqa kelajagini belgilashiga yordam berish bizning burchimiz ekanligidan guvohlik beradi.” Bu murakkab diplomatik so’zlarni oddiy so’zlarga aylantirsak, Amerika butun dunyoning eng muhim nuqtalarida o’z nufuzini kuchaytirmoqchi ekanligi ma’lum bo’ladi. Amerikaning hamkor va raqiblari ham o’zlarining manfaatlari ortidan o’lib tolib yuguradilar.

Lavrovning diplomatiyadagi mahoratiga hech kim shubha qilmaydi. Biroq, nima uchun sammitga Rossiya davlat yoki hukumat rahbari ishtirok etmaydi? Vladivostokdagi ATES sammitiga katta mablag’ sarflagan Moskva kelajakda Osiyo masalalarida aktiv ishtirok etishini ma’lum qilgan edi. Yoki, Putinning bel og’rig’i sabab uning safarlarga chiqa olmasligi xaqidagi ma’lumotlar xaqiqatga yaqinmi?

Obama shu kunlarda safarda yurgan Taylan, Kambodje va Birma davlatlarida o’ziga yaqin do’stlarni orttirishi mumkin. Uning vazifasi “Xitoyning uzun soyasi tushib kelayotgan” mintaqalarda o’zining pozitsiyasini mustaxkamlashdan iboratdir.

Xullas, Osiyoda katta derjavalar; AQSh va Xitoy ishtirokidagi “katta o’yin” boshlanmoqda. Rossiya esa, o’yindan chetda qolib ketishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.