Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus harbiylariga Ukraina chegaralaridagi harbiy mashg’ulotni tugatib bazaga qaytishga buyruq berdi

509
0

Kreml so’zchisi Dimitriy Peskov tarafidan berilgan bayonotda aytilishicha, Ukraina chegarasida o’tkazilgan mashg’ulot muvaffaqiyatli yakunlangan va harbiylarning bazaga qaytishiga buyruq berilgan. Yana bir tarafdan rus mas’ullari chegara mintaqasidagi ortga chekingan rus askarlarining Qirimga aloqasi yo’qligi va Qrimda turgan Rus askarlarining u erdagi faoliyati davom etishini bildirdi.

Ukrainada yuz bergan hodisalar tufayli Rossiya prezidenti Vladimir Putin o’tgan hafta havo va erdagi harbiy kuchlarini Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh bo’lgan shaharlariga joylab, urush holatiga tayyor turishga buyruq bergan edi.

G’arb davlatlarining bergan javobi natijasida Rus mas’ullari Ukraina chegaralarida o’tayotgan harbiy mashg’ulotning Ukrainada yuz bergan hodisalarga aloqasi yo’qligini bildirishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.